Munisa Rizayeva - Ota-ona qo`shiq matni

Quvonchim bu dunyoda, ishonchim bu dunyoda,
Sababkorim, tanda jonim, onajonim, otajonim.
Tayanchim bu dunyoda, suyanchim bu dunyoda,
Sizlar bor yo`q armonim, onajonim, otajonim.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, nurli peshonam.

Yaratgandan in`om taxtim, fayzli koshonam.

Bir lahza tinmadingiz meni deb, meni deb,
Charchoqni bilmadingiz meni deb, meni deb.
Daryodek keng qalbingiz men uchun, men uchun,
Tog`larga teng mehringiz men uchun, men uchun.

Siz bilan mangu obodman, mehribon onam,
Siz bilan mag`rurman, shodman, har qachon otam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, nurli peshonam.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, fayzli koshonam.

Boshimda parvona, dard kelsa mardona,
Men uchun bir olam onajon,
Siz cheksiz imkonim, siz tiniq osmonim,
Siz mening tinch onim otajon.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan in`om taxtim, fayzli koshonam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]