Munisa Rizayeva - Sekin-asta qo`shiq matni

O`ylab ko`rdingmi men nega parishon,
Bilasanmu tunu-kun kimni o`ylayman?
Oyni izlab osmondan kechalari bedorman,
Bilasanmu yoki bilmaysan, jonginam?

Men seni humoringman,
Sen shirin ozorimsan,
Mayli kelib-kelib sekin-asta
Mani yorimga aylanasan.

O`yla-o`yla sekin-asta,
Sevgisiz mani yuragim xasta,
Nola-ohlarim dasta-dasta –
Qiynamasdan kela qol asta. (x2)

Kundan kun sog`inib tunlari bedor,
Sendan bir ishora kutaman,
Yaxshimanmi yomonman, bilmay o`zim hayronman,
Lekin aniq seni sevaman, jonginam.

Men seni humoringman,
Sen shirin ozorimsan,
Mayli kelib-kelib sekin-asta
Mani yorimga aylanasan.

O`yla-o`yla sekin-asta,
Sevgisiz mani yuragim xasta,
Nola-ohlarim dasta-dasta –
Qiynamasdan kela qol asta. (x4)

O`yla-o`yla sekin-asta…
O`yla-o`yla sekin-asta…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]