Munisa Rizayeva - Yonar qo`shiq matni

(Yonar… yonar… yonar… (x2))

Har kun sensiz o`tmas,
Qarashlaring oltin qafas,
Ojiz yuragingga sig`mas. (yeah, yeah)
O`zim o`zimga men hayron,
O`zim ila qoldim vayron,
Endi dardlarim namoyon.

Bilaman, lek tinch qo`ymas,
Bilaman, niyating g`araz,
G`urbatlarimga arzimas. (ne-ne)
Ne bo`ladi qiynamasdan,
Imkon menga berganingda,
Qolarmanmi men havasda? (yeah)

Yona-jona ishqingni man,
Faqat seni sog`inaman,
Hamma talpinadi sen tomon.
Men adashdim kunlar sanab,
Holatimga o`zing sabab,
Zor etmagin, muhabbatim.

(Yonar… yonar… yonar… (x2))

Qiynalar ojiz yuragim,
Seni deb yig`lar har doim,
Tinch qo`ymas holati ko`nglim.
Chindan sevishimni bilgin,
Seni izlashimni bilgin,
Nolalarimni tinglagin.

Bilaman, lek tinch qo`ymas,
Bilaman, niyating g`araz,
G`urbatlarimga arzimas.
Ne bo`ladi qiynamasdan,
Imkon menga berganingda,
Qolarmanmi men havasda? (hey)

Yona-jona ishqingni man,
Faqat seni sog`inaman,
Hamma talpinadi sen tomon.
Men adashdim kunlar sanab,
Holatimga o`zing sabab,
Zor etmagin, muhabbatim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]