Murodjon Ahmedov - O’rtar qo`shiq matni
Agar oshiqlig`im aytsam, kuyub jonu jahon o`rtar, (x2)
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o`rtar. (x2)
Kishiga ishq o`tidin zarrai yetsa, bo`lur giryon,
Bo`lub besabru betoqat, yurak-bag`ri chunon o`rtar. (x2)
Nechuk toqat qilay, do`stlar, bu dard ila bo`lub hayron,
G`amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig`on o`rtar. (x2)
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o`rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, (x2)
Tilim lolu ko`zum giryon, so`ngaklarni nihon o`rtar. (x2)
Na qattig` kun ekan, dilbar, visolingdin juda bo`lmoq,
Mening ohim o`tig`a bul zaminu osmon o`rtar.
Yurakda dardu g`am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o`rtar.
Bu dard ila xarob o`ldum, kelib holimni so`rmassan, (x2)
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o`rtar. (x2)
Bu Mashrab dardini, jono ki, hech kim boshig`a solma, (x2)
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o`rtar. (x2)