Muzaffar Mirzarahimov - Lolajon qo`shiq matni

Shamollarda sinmading lolam,
Bo`ronlarga dosh bera olding.
Qor tagida qolganda olam
Ko`zlarimda yosh bo`lib qolding.

Titrayverdim sovuqdan yupun,
Izg`irinda tentirab yurdim.
Seni qamrab oldi qor-quyun,
Yonginangda tikilib turdim.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig`dirolmadi nahot keng, yorug` olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.

Nechun mendek bir bag`ritoshni
Yagonamsan, mardimsan deding?
Qahratondan qo`rqqan bardoshni
Unutilmas dardimsan deding.

Lolam, meni kechirgin, lolam,
Gunohkorman sening yoningda.
Qor tagida qolganda olam,
Asrolmadim seni bag`rimda.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig`dirolmadi nahot keng, yorug` olam?
Lolajon, mening lolam,
Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam.

Lolajon, mening lolam,
Seni sig`dirolmadi nahot keng, yorug` olam?
Sog`indim, ko`rgim kelar,
Bizga torlik qildi hammaga keng…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]