Muzaffar Mirzarahimov - Onajonim qo`shiq matni
Xato qilsam, oqlab o’zimni,
Yashiraman sizdan ko’zimni.
Shamollarga aytib so’zimni,
Sizdan olislardaman ona.
Izlaganim nima, omadmi?
Topganlarim qolar abadmi?
Qizg’onaman bir enlik xatni,
Sizdan olislardaman ona.
(Nasib etar qachon diydor?
Dilimni tirnaydi shu savol.
Suhbatingizga intizor,
Sizdan olislardaman ona.)
Onajonim – mehribonim,
Munisginam, shirin zabonim.
Dardlarin yashirar, doimo kulib turar,
Go’yoki qalbida yo’q armoni.
Onajonim – mehribonim,
Duogo’yim, shirin zabonim.
Hayotning yo’lida, taqdirning qo’lida
Bardoshli bo’lgan jonu jahonim.
Sog’inganim – do’stlar diydori,
Bag’rim tilar endi ozori.
Balki shudir hayotning bori,
Sizdan olislardaman ona.
Dunyo g’amlarin chetga surib,
Suhbatingizga to’yib,
Hech kimni suymaganday suyib,
Sizdan olislardaman onam.
Onajonim – mehribonim,
Munisginam, shirin zabonim.
Dardlarin yashirar, doimo kulib turar,
Go’yoki qalbida yo’q armoni.
Onajonim – mehribonim,
Duogo’yim, shirin zabonim.
Hayotning yo’lida, taqdirning qo’lida
Bardoshli bo’lgan jonu jahonim.
Yashiraman sizdan ko’zimni.
Shamollarga aytib so’zimni,
Sizdan olislardaman ona.
Izlaganim nima, omadmi?
Topganlarim qolar abadmi?
Qizg’onaman bir enlik xatni,
Sizdan olislardaman ona.
(Nasib etar qachon diydor?
Dilimni tirnaydi shu savol.
Suhbatingizga intizor,
Sizdan olislardaman ona.)
Onajonim – mehribonim,
Munisginam, shirin zabonim.
Dardlarin yashirar, doimo kulib turar,
Go’yoki qalbida yo’q armoni.
Onajonim – mehribonim,
Duogo’yim, shirin zabonim.
Hayotning yo’lida, taqdirning qo’lida
Bardoshli bo’lgan jonu jahonim.
Sog’inganim – do’stlar diydori,
Bag’rim tilar endi ozori.
Balki shudir hayotning bori,
Sizdan olislardaman ona.
Dunyo g’amlarin chetga surib,
Suhbatingizga to’yib,
Hech kimni suymaganday suyib,
Sizdan olislardaman onam.
Onajonim – mehribonim,
Munisginam, shirin zabonim.
Dardlarin yashirar, doimo kulib turar,
Go’yoki qalbida yo’q armoni.
Onajonim – mehribonim,
Duogo’yim, shirin zabonim.
Hayotning yo’lida, taqdirning qo’lida
Bardoshli bo’lgan jonu jahonim.
Читать также
Комментарии (0)