Muzaffar Mirzarahimov - Qaydasan qo`shiq matni

Mensizlikka ko`nikyabsanmi?
Oh, sensizlik bunchalar og`ir?
Sog`inchlardan kulgular so`nib,
Tomirdagi hijronlar og`rir.

Sensizlikning sohillarida
Bargi xazon to`sdi yo`limni.
Muzlab qoldi mehringni istab,
Eritolmas o`zga ko`nglimni.

Endi qaydasan? Mendan olislarda jonim.
Qachon qaytasan? Javobsiz qolar savolim.
Ne gap aytasan, yupatish uchun bu dilimni?
Bu ko`nglimni? (x2)

Kutaverib bag`ri nuragan
Ko`zlarimning dargohiga yur.
Sensiz kechgan dunyolarim ko`p,
Armon bergan dardlarimni ko`r.

Bezovta dil xasta jon kezar,
Sensizlikku mensizlik qadar.
Qo`llarimni qo`yvormasang bas,
Menga qo`rqinchli bo`lmas xatar.

Endi qaydasan? Mendan olislarda jonim.
Qachon qaytasan? Javobsiz qolar savolim.
Ne gap aytasan, yupatish uchun bu dilimni?
Bu ko`nglimni? (x2+x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]