Nargiz - Nargiz qo`shiq matni

Men yuzi ko`zgusiga soyangiz tushgan Nargiz,
Ko`zim nigoron bo`lib, xayolim uchgan Nargiz.

Go`yo topdim muhabbat gulshanidan bir maskan, aha-hey,
O`sha men – har kecha yor suratin quchgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Garchi gulzorda ko`pdir ziynat topgan lolalar,
Siz uchun guldastadir orziqib kutgan Nargiz.

Fosh etolmay, sevgisin yashirib gulshan aro, aha-hey,
Men o`sha – bilarsiz deb g`amlarni yutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Kelib ko`rsin, zulfimning zarri parishon, netay,
Man ham ul kabi zorman, o`zin unutgan Nargiz.

Komiljon baxshi erur ruhi xayron Nargizga, aha-hey,
Jon sadqa joningizga, yo`lingiz kutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]