Nasiba Abdullaeva - Baxt o’zi nimadir qo`shiq matni
Baxt o`zi nimadir men bilolmadim,
Sevgi nima ekan tushunolmadim.
Ammo armonlarning azoblaridan
Qancha tirishsam ham chetda qolmadim.
Bu dunyo sig`magan ikki ko`zimga,
To`lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh.
Peshona deganga yozilgan ekan,
Rohat emas faqat chidam va bardosh. (x2)
Lekin men aylanmay dali-gadoga,
Boshim baland qilib qo`shiq aytaman.
Gar o`lsam yolvorib egam Xudoga,
Bu dunyoga qaytaman. (x2)
Shunda mening boshim yetib osmonga,
Dilni anduhlardan ozod qilurman.
Aldanib qolmasdan yomonlarga,
Qanday yashashni o`zim bilurman.
Baxt o`zi nimadir men bilolmadim…
Читать также
Комментарии (0)