Nasiba Abdullaeva - Eslanar qo`shiq matni

O`tib borar damlarimiz,
Qadrimiz bor etgan.
O`chib borar shamlarimiz,
Qalbimiz yoritgan.

Eslanar yoshligimiz,
Sodda beboshligimiz,
To`lgan kabi olam gulga,
Kuy kelar dilga. (x2)

Toma-toma ko`z yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma ko`z yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.

Toma-toma ko`z yoshimiz
Qorga ko`mar boshimiz,
Toma-toma ko`z yoshimiz
O`lchar yoshimiz.

Gohi to`lar ko`zga yoshlar,
Izlaymiz armonni.
Tegib ketsa dilga toshlar,
Istaymiz darmonni.

Eslanar armonimiz,
Past-baland imkonimiz.
Aylangandek tomchi durga,
Dil to`lar nurga. (x2)

Toma-toma ko`z yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma ko`z yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.
Toma-toma ko`z yoshimiz
Qorga ko`mar boshimiz,
Toma-toma ko`z yoshimiz
O`lchar yoshimiz. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]