Nasiba Abdullaeva - Lazgi qo`shiq matni

Omoney, omoney, omon,
So`rsangiz nasli-nasabim,
Hur Vatan dilbandiman.
O`zbek qiziman,
Muqaddas o`zbegim farzandiman.

Ota birlan onaning
Pokiza jigarbandiman.
Gullagan voha makonim –
Xorazm farzandiman.

Gullagan voha makonim-ey –
Xorazm farzandiman.

Go`rdim neki pari galar,
Galar sollana-sollana. (x2)
Oshiq elin ko`nglin olib,
Galar nozlana-nozlana. (x2)

Sening o`zing bir yona,
Menim o`zim bir yona. (x2)
Ishqingda o`lar bo`ldim,
Izladim yona-yona.

Qorako`z bo`y, bo`y, bo`y,
Qorako`z bo`y, bo`y. (x2)

Kamoli to`lgan oydek
Yuzingga o`rtanaymi? (x2)
Qalam bilan chizilgan
Qoshingga o`rtanaymi? (x2)

Sening o`zing bir yona,
Menim o`zim bir yona. (x2)
Ishqingda o`lar bo`ldim,
Izladim yona-yona.

Qorako`z bo`y, bo`y, bo`y,
Qorako`z bo`y, bo`y. (x6)

Ishqingda o`lar bo`ldim,
Izladim yona-yona.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]