Nasiba Abdullaeva - Ota qo`shiq matni

Yulduzlarga yetmay qoldi qo`lim mening,
Bekatlari tayin bilmas yo`lim mening.
Yarim bo`ldi asli yarim ko`nglim mening,
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Bulutlardan bo`yi uzun bolam degan,
Umridan ham kuyi uzun bolam degan,
Mening bilan bag`ri butun bolam degan,
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Bolam uchun talpingani mehrim kerak,
Do`stim uchun kuyimdagi sehrim kerak,
Sizga faqat, sizga mening umrim kerak.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Yuzingizda ajinlarga ko`zim botsin,
Dilingizda tugunlarga ko`zim botsin,
Dardingizni olib dardim yig`lab yotsin.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Mashhurligim tatimagan damlar bisyor,
Kipriklarda seldan qolgan namlar bisyor,
Butun ko`nglim ilg`amagan kamlar bisyor.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Bolam uchun talpingani mehrim kerak,
Do`stim uchun kuyimdagi sehrim kerak,
Sizga faqat, sizga mening umrim kerak.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.
Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni ko`rolmagan kunlarim ko`p.

Ona sizga yetolmagan kunlarim ko`p,
Ota sizni sog`intirgan kunlarim ko`p.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]