Nasiba Abdullaeva - Umr bahori qo`shiq matni
Zar beshikka quyosh belandi,
 Shoshma – deb oy tongga elandi,
 Tunu kunlar shunday ulandi,
 Oqayotir yillar anhori,
 Qaytarmikan umr bahori? (x2)
Sochimizga qirovlar indi,
 Baxt otiga birovlar mindi,
 Dilda bo`lay so`rovlar tindi,
 Qulamasdan hayot chinori,
 Qaytarmikan umr bahori?
Bahor, bahor, umr bahori,
 Orzularim, umid nahori.
 Bahor, bahor, umr bahori,
 Qaytarmikan umr bahori? (x2)
To`lmay turib yuraklar muzga,
 Uzrimiz bor munisa ko`zga,
 Aytarmi do`st bir rozin bizga,
 O`rtamizda turur devori,
 Qaytarmikan umr bahori?
Ko`ngil hanuz mehr so`raydi,
 Sog`inchiga gullar o`raydi,
 Muhabbatim deb yo`l qaraydi,
 Boburning ham tutib xumori,
 Qaytarmikan umr bahori?
Bahor, bahor, umr bahori,
 Orzularim, umid nahori.
 Bahor, bahor, umr bahori,
 Qaytarmikan umr bahori? (x3)

