Nilufar Usmonova - Bahor qo`shiq matni

Bahorim, gullagan bog`laring shirin,
Iliq tun, yomg`irli kunlaring shirin.
Anvoyi lolazor, qir-dashting shirin,
Qushlaring sayragan nahoring shirin.

Bahorim, liq to`la anhoring go`zal,
Dillarni yashnatgan iforing go`zal.
Ko`p emas, oz fursat yo`qlashing go`zal,
Ketmagil, men-la qol, kuylaring go`zal.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahor-chi, qalblarga sevgini chorlar.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahorim qalblarga sevgini chorlar.

Har lahza, har oning, bahorim, shirin,
Mezbonman, bahorim, mehmonsan shirin.
Bizlarni qishlarga ketmading tashlab,
Sog`indik bahorim, sog`inching shirin.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahor-chi, qalblarga sevgini chorlar.

Kuz kelsa xazonga to`ladi bog`lar,
Bahorda-chi, gulga burkanar tog`lar.
Qishda muzlab qolar sharqiroq soylar,
Bahorim qalblarga sevgini chorlar.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]