Nilufar Usmonova - Bevafo qo`shiq matni
So`z berasan o`zgarishga,
Kutaverib charchamadim men ham aslo.
Olma terar yana nigohing,
Sen eshik hatlab ko`chaga chiqsang, ey bevafo.
Va`dangda turmaysan kun botib, tong otguncha,
Va`dangda turmaysan muz bo`lib, suv qotguncha.
Va`dalar yo`lingdan bitta go`zal o`tguncha,
Va`dangda turmaysan, va`dalar ish bitguncha.
Bir yuraging yuzni sevib,
To`qson to`qqiz yonib, yuz bora o`chadi.
Davom etsang shunday yashashdan,
Bir kuni hayot ko`zlaringni katta ochadi.
Va`dangda turmaysan kun botib, tong otguncha,
Va`dangda turmaysan muz bo`lib, suv qotguncha.
Va`dalar yo`lingdan bitta go`zal o`tguncha,
Va`dangda turmaysan, va`dalar ish bitguncha. (x1+x2)
Читать также
Комментарии (0)