Nilufar Usmonova - Sevgi qissasi qo`shiq matni
Osmonda yulduzim porlar,
Sevgim kuyin chalib torlar,
Baxt qasri ikkimizni chorlar.
Tunlarda kutgan xumorim,
Oq dur, marvarid tumorim,
Olisda qolsin g`uborim.
Kun bo`lay, tun bo`lay,
Ko`zlaringda nur bo`loyin.
Oy bo`lay, soy bo`lay,
Ishqda anhorday to`loyin.
Kun bo`lay, tun bo`lay,
Ko`zlaringda nur bo`loyin.
Ay, nur bo`loyin man.
Qalbimsan, baxtimsan,
Jonim, erkalayin, begimsan.
Mehribonim, ayiqcham,
Baliqcham mening.
Kun bo`lay, tun bo`lay,
Ko`zlaringda nur bo`loyin.
Oy bo`lay, soy bo`lay,
Ishqda anhorday to`loyin.
Kun bo`lay, tun bo`lay,
Ko`zlaringda nur bo`loyin.
Ay, nur bo`loyin man.
Bog`lar, tog`lar,
Doim sizlarga bahor,
Ikkingizga boqib kular kun-nahor.
Sevgingiz olamga bo`lsin ovoza,
Baxtli bo`ling,
Taxtingiz oqsin ishqqa to`lib,
Misoli anhor.