Nilufar Usmonova - Tasanno qo`shiq matni

Oromimni o`g`irlab,
O`zi ham beorom sevgilim.
O`ylab qolaman gohi
Nahot bu o`ngim?

Sen misli oftobsan,
Muzlagan ko`nglimni isitgan,
Ishonsam yana menga
Qaytgan.

Sensiz bir kunimni ham
Tasavvur eta olmayman.
Doim yonimda bo`lsang ham,
Nigohlaringga to`ymayman.

Yaratgan Egamga tasannolar,
Seni menga uchratdi, jonginam.
Mening borim, go`zalligim
Faqat sening muhabbatingdan. (x2)

Qalbim aro tanhosan,
Senga atalgan umrim.
Mehringning nurlarida
Tovlanaman.

Tilab olgan baxtimsan,
Seni doim avaylayman.
Dunyoda sen uchun
Yashayman.

Sensiz bir kunimni ham
Tasavvur eta olmayman.
Doim yonimda bo`lsang ham,
Nigohlaringga to`ymayman.

Yaratgan Egamga tasannolar,
Seni menga uchratdi, jonginam.
Mening borim, go`zalligim
Faqat sening muhabbatingdan. (x2)

(Sensiz bir kunimni ham
Tasavvur eta olmayman.
Doim yonimda bo`lsang ham,
Nigohlaringga to`ymayman.)

Yaratgan Egamga tasannolar,
Seni menga uchratdi, jonginam.
Mening borim, go`zalligim
Faqat sening muhabbatingdan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]