Nilufar Usmonova - Uchar qiz qo`shiq matni

Shabnam bo`lib gullarning bag`rida,
Navo bo`lib kuylarning avjida,
Qalbingdan izladim tinmay sevgi.

Shamol bo`lib sen tomon uchar edim,
Seni deb har nedan kechar edim,
Hech asray olmading lekin meni.

Anglay olmay balki ko`zlaringdan
Menga bo`lgan qalbing tuyg`ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg`izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)

Yo`q balki senikiday yuragim,
Meni balki senga yo`q keragim,
Lekin senga borimni berib sevardim.

Yaxshi-yomon gaplarimga kechir,
Goho ustun kelar ekan g`urur,
G`urur ila ikki tomon ketdik nega?

Anglay olmay balki ko`zlaringdan
Menga bo`lgan qalbing tuyg`ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg`izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)

Hayr alvido… (endi meni samodan izla) (x3)
(Endi meni samodan izla… (x2))

Anglay olmay balki ko`zlaringdan
Menga bo`lgan qalbing tuyg`ularin,
Uchib ketarman, sen meni izlama.

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg`izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin, hayr alvido. (x2)





Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Rayhon - Izlama qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Shahnoz - Meni unut qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:59Скачать
Sarvar va Komil - Balki tun qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Otabek Mutalxo`jaev - O’zga sayyoralik qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:49Скачать
Lola - Endi yo’q qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:40Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.