Nuriddin Hamroqulov - Ajab sirlar qo`shiq matni
Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.
Umid yulduzlari porlar samoda,
Men baxtim topgayman qay dilraboda,
Qay dilraboda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.
Oshiqlar orzusi o`xshash bo`larmish,
Taqdir bir-biriga tutash bo`larmish, (x2)
Ko`ngillarda o`chmas otash bo`larmish,
A`lo bo`lar emish ahdu-vafoda, ahdu-vafoda,
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.
Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar,
Mehrga intilsang, sevsang yarashar. (x2)
Bu kun o`tli shaydo ko`zlar uchrashar,
Murodim kularmi o`shal barnoda, o`shal barnoda?
Bizning ham sevguvchi bordir dunyoda.
Ajab sirlar, ajab sirlar,
Ajab sirlar bormish subhi-saboda,
Umr aks etarmish oqar daryoda,
Oqar daryoda.
Oqar daryoda, oqar daryoda…