Nuriddin Hamroqulov - Assalom qo`shiq matni

Assalom, yer, suv, havo, quyoshli osmon,
Ey bobo-yu momo, ota-onajon.
Salom, qizu yigitlar, ham jajji inson,
Qutlug` sizga yangi kun, baxtli xonadon.

Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Biz sizga ta’zimdamiz.
Assalom, ey hur Vatan, assalom, ey hur Vatan,
Hur O`zbekistonim mening.

Tongda yaxshi niyatlar qilsak davrada,
Porlar mudom tabassum har bir chehrada.
Sog`lom avlod ulg`aysin Vatan bag`rida,
Har doim poklik bo`lsin, har dilda iymon.

Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Biz sizga ta’zimdamiz.
Assalom, ey hur Vatan, assalom, ey hur Vatan,
Hur O`zbekistonim mening.

Ahillikda, do`stlikda boshlansa yumush,
Ushalguvchi orzudan chekingay tashvish.
G`am o`rnida, ey Murod, bo`lsin mehr esh,
Omad kulsin barchaga, yashnasin zamin.

Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Biz sizga ta’zimdamiz.
Assalom, ey hur Vatan, assalom, ey hur Vatan,
Hur O`zbekistonim mening. {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]