Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Nuriddin Hamroqulov - Suvi tiniq soy ko`rdim qo`shiq matni

Nuriddin Hamroqulov - Suvi tiniq soy ko`rdim qo`shiq matni

Suvi tiniq soy ko`rdim,
Soy ustida oy ko`rdim, (x2)
O`tloqlari yam-yashil,
Ot yonida toy ko`rdim. (x2)

Cho`pon chalar nayini,
Qo`msab mohlaroyini, (x2)
Nayda izhor etarmu
Oshiq ko`nglin maylini. (x2)

Oyning hiloli bordur,
Soyning ziloli bordur, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorning visoli bordur. (x2)

Oydan ko`z uzib bo`lmas,
Yorga ko`z suzib bo`lmas,
Vasliga yetmaguncha
Oshiqda to`zim bo`lmas.

Oyni yetaklab ketgum,
Soyni yetaklab ketgum, (x2)
Oy ham, soy ham bir yonu,
Yorni yetaklab ketgum. (x2)

Suvi tiniq soy ko`rdim,
Soy ustida oy ko`rdim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]