Nuriddin Hamroqulov - Turnalar qo`shiq matni

Sizga umid, sizga armon bog`ladik,
Qayting endi, qayting endi, turnalar.
Goh chog`ladik, goho dilni bog`ladik,
Qayting endi, qayting endi, turnalar. {x2}

Yo`llarida bo`zlab-bo`zlab o`tmayin,
Ko`ringanga so`zlab-so`zlab o`tmayin,
Umrim bo`yi ko`zlab-ko`zlab o`tmayin,
Qayting endi, qayting endi, turnalar. {x2}

Oppoq-oppoq qanotingiz tolmag`ay,
Bahor sizning ortingizdan qolmag`ay,
Hijron dilga ortiq dog`lar solmag`ay,
Qayting endi, qayting endi, turnalar. {x2}

Kuydiringlar qishning qaro qahrini,
Bildiringlar ul sanamga ahdini,
Kuldiringlar men g`aribning baxtini,
Qayting endi, qayting endi, turnalar. {x4}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]