Nuriddin Haydarov - Arazlama qo`shiq matni

O`tayotib, bag`rim kuyib,
Derazangga bo`ylayman.
Majnuntolni quchib, unga
Dardlarimni so`ylayman.

Novdalarni emas, zora
Sochlaringni o`ynasam,
Rahmim kelar, uyda yolg`iz
Yotganingni o`ylasam.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x2)

Balki, jonim, gul kerakdir,
Olaqolgin gulimni,
Balki, jonim, dil kerakdir,
Olaqolgin dilimni.

Atirgulni hidlagayman
To`zitmasdan, uzmasdan,
Go`yo seni o`pganimdek,
Oromingni buzmasdan.

Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x3)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]