Nuriddin Haydarov - Ayronchi qiz qo`shiq matni

Sotar edi yo`lda bir qiz ayrongina,
Taqib olib chakkasiga rayhongina. (x2)
Husnin ko`rib, bizning yurak hayrongina. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O`rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Ayronidan kosachaga quyib-quyib,
Menga tutdi qovoqlarin uyib-uyib. (x2)
Nahot qolar yurakkinam kuyib-kuyib? (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O`rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Qayga borsang, ortlaringdan qolmasman hech,
Yuraverib izlaringdan tolmasman hech.
O`zgalardan ayron endi olmasman hech. (x2)

Ayronchi qiz, quygin yana ayroningdan,
O`rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

O`rgilayin chakkangdagi rayhoningdan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]