Nuriddin Haydarov - Davlating borida qo`shiq matni

Davlating borida, avjing zo`rida
Yo`qlab kelar, hatto begonalar ham, begonalar ham.
Davlating yo`g`ida, baxting sho`rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham.

Davlating borida, baxting to`rida,
Izlaringni o`par mastonalar ham. (x2)
Chirog`ing o`chganda, do`stki do`st, hatto,
Ko`changdan o`tmaydi qadrdonlar ham, qadrdonlar ham. (x2)

Bo`yningga ilsang ham gado to`rvasin,
Ichmagil nomardning yog`li sho`rvasin.
Allohimdan so`ra, bergay barchasin,
Oltinga aylangay ostonalar ham.

Kecha yonginamda yurganding, yo Rab,
Ko`zim oynasida sochlaring tarab.
Bugun-chi izingdan qoldim-ku qarab,
Demak, rost ekan-da afsonalar ham, afsonalar ham.

Yulduzdek bir yondik, o`charmiz, jonim,
Hijron yo`q joylarga ketarmiz, jonim.
Sadoiydan yodgor senga bu qabrim, {x2}
Sarg`aydi xonishlar, taronalar ham, taronalar ham.

Davlating borida, avjing zo`rida
Yo`qlab kelar, hatto begonalar ham, begonalar ham.
Davlating yo`g`ida, baxting sho`rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham.

Davlating yo`g`ida, baxting sho`rida
Saloming olmaydi devonalar ham, devonalar ham…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]