Nuriddin Haydarov - Do’lana qo`shiq matni

Ohularning izidan
Qarab qolding jimgina.
Tashna qilgan, zor qilgan,
Aytgin, seni kimgina.

Do`lana, do`lana, tog`da o`sgan do`lana,
Do`lana, do`lana, yo`lim to`sgan do`lana.
Do`lana, do`lana, marjon-marjon do`lana,
O`z yorini topolmay zoru hayron do`lana. (x2)

Sen ichgan suv goh yomg`ir,
Kutganing oy malakdir.
Sen kechgan bu shalola,
Yongan samo, falakdir.

Do`lana, do`lana, tog`da o`sgan do`lana,
Do`lana, do`lana, yo`lim to`sgan do`lana.
Do`lana, do`lana, marjon-marjon do`lana,
O`z yorini topolmay zoru hayron do`lana. (x2)

Topmadingmi, topdingmi?
Yetmadingmi, yetdingmi?
Qizil yuzing sarg`ayib,
Tog`ga chiqib ketdingmi?

Do`lana, do`lana, tog`da o`sgan do`lana,
Do`lana, do`lana, yo`lim to`sgan do`lana.
Do`lana, do`lana, marjon-marjon do`lana,
O`z yorini topolmay zoru hayron do`lana. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]