Nuriddin Haydarov - Kechirgin qo`shiq matni

Ko’nglim arzin etay izhor, kechirgin,
So’zim bersa agar ozor, kechirgin.
Ranjimagin zinhor-zindor, kechirgin,
Yaqin tutib, dedim men: yor kechirgin.

Ranjimagin zinhor-zindor, kechirgin,
Yaqin tutib, dedim men: yor kechirgin.

Kechirgin, kechirgin,
Kechirgin, kechirgin.

Ko’ngil ekan, boshlar ekan yo’liga,
Boshlar ekan o’ngi yoki so’liga.
Olib ketib chamaniga, cho’liga,
Yor iziga etarkan zor, kechirgin.

Olib ketib chamaniga, cho’liga,
Yor iziga etarkan zor, kechirgin.

Kechirgin, kechirgin,
Kechirgin, kechirgin.

Janon, seni qilmadimmi bezovta?
Mayli, yonay ishqing yoqqan olovda.
Na choram bor, ko’ngling bo’lsa birovda,
Zorim boru, bir zorim yo’q, kechirgin.

Na choram bor, ko’ngling bo’lsa birovda,
Zorim boru, bir zorim yo’q, kechirgin.

Kechirgin, kechirgin,
Kechirgin, kechirgin. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]