Nuriddin Haydarov - Mehr qolur qo`shiq matni
O`tar qancha yillar to`zoni,
Yulduzlar ko`z yoshi samoni,
O`tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachig`da porlagan o`sha,
Iqboliga chorlagan o`sha,
Dunyoni tor aylagan o`sha,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko`zlaring, suluv,
Yodda qolmas so`zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur. {x2}
O`tar qancha yillar to`zoni,
Yulduzlar ko`z yoshi samoni,
O`tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Nima deysan, ey g`ayir inson?
G`iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o`tarsan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur. {x2}
Читать также
Комментарии (1)