Nuriddin Haydarov - Onam qo`shiq matni

Siz bilan shohonaman,
Boshimda tojdorim, onam.
Yolg`izim, munisginam
Hamda iftixorim, onam.

Menga tillo, menga ganju
Ham xazina na kerak?
Barchasidan yuksagu,
Qiymat namudorim, onam.

Barchasidan yuksagu,
Qiymat namudorim, onam.

Gar uzoq yursam safar,
Avval peshonamni silab,
Sog`misan, o`g`lim, debon,
Yo`limdagi zorim, onam.

Gohida bemorligim
Ko`rganda parvonam bo`lib,
Jonima jonin nisor
Etmoqqa tayyorim, onam.

Jonima jonin nisor
Etmoqqa tayyorim, onam.

Shokiro, kuyla onang
Xonishlaringning avjida,
Dilda yolg`iz matlabim,
Tillarda alyorim, onam. (x2)

Yolg`izim, munisginam
Hamda iftixorim, onam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]