Nuriddin Haydarov - Sadag’a qo`shiq matni

Dod-ey, yor-ey, yor-ey, yor-ey.

Xumor ko’zligimga bu jon sadag’a,
Bu jon birla jahon sadag’a.
Qilmagin bu so’zga gumon, sadag’a,
Sensiz ro’yim bo’lar somon, sadag’a.

Lola sendan olmish o’z olligini,
Barchin o’z lafzini, halolligini. (x2)
Tan olmas seningsiz oy oyligini,
Qoshingda lol qolur jayron, sadag’a.

Bahorday durkunsan, hur sarvinozsan,
Xushlasang chillada ko’klamsan, yozsan. (x2)
Qahring kelsa magar, do’lsan, ayozsan,
Bag’rimni qilmagin giryon, sadag’a.

Rahm ayla, vaslingga tashna qalb zordir,
Ko’zlarim yo’lingda ko’p intizordir.
Maskanim – O’zbekiston, hur chamanzordir, {x2}
Bir nafas bo’lib ket mehmon, sadag’a.

Maskanim – O’zbekiston, bir chamanzordir, {x2}
Bir nafas bo’lib ket mehmon, sadag’a. {x2}

Xumor ko’zlaringga bu jon sadag’a,
Qilmagin ishqimga gumon, sadag’a.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]