Nuriddin Haydarov - Yaralmish qo`shiq matni

Oy yuzli desam seni, oyning ham do`gi borday,
Ko`rkamlikda jamoling oftobdan beg`uborday.
Tabiating hamisha bulut, do`lsiz bahorday,
Umringning kuzu qishi yo`qligi barqarorday.

Kunda o`ylasam seni, tunda o`ylasam seni,
Ko`z o`ngimda tiniq osmon yaralmish.

Sen paydo bo`lgan bog`da zog` bo`lmas, xazon bo`lmas,
Bulbullar navosida dard bo`lmas, nolon bo`lmas.
Oshiq holi tang bo`lib, ko`ksida armon bo`lmas,
Yo`lchi birdek sarg`ayib, rang-ro`yi somon bo`lmas.

Chilla chog`i, qishda ham, bir o`ng emas, tushda ham,
Bosgan izlaringda bo`ston yaralmish.

Oshiqlar o`z holini yozmishlar doston bilan,
Har tomchi, har bandini ko`z yoshi yo qon bilan.
O`tmasin bu olamda hech kishi armon bilan,
Hamdard bo`lmasin dono turganda, nodon bilan.

Chamanli, bog`li elda, so`nmas chiroqli elda,
Bulbullarga munosib oshyon yaralmish. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]