O`ktam Ahmedov - Bo’lmas qo`shiq matni
Har nomardga aytma dardu-siringni,
Hasrat o`ti jisming yoqqancha bo`lmas.
G`ussa bilan dona-dona ko`zingdan
Achchiq yoshlaringni to`kkancha bo`lmas.
Qanoatda izzatda tut o`zingni,
Ta`ma qilib sarg`aytirma yuzingni.
Har nomardga ravo ko`rma so`zingni,
So`zingni binosini yiqqancha bo`lmas. (x2)
Mag`rur bo`lib kezma umring guliga,
Duch bo`lursan bir kun xazon yeliga.
Yuz yil yashab tushsang ajal qo`liga,
Chapingdan o`ngingga boqqancha bo`lmas. (x2)
Ko`ngli qaro bilan bo`lmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat.
Ko`mirga har necha aylasang izzat,
Yuzingga qarosi yuqqancha bo`lmas. (x2)
Mahtumquli hargiz topmadi omon,
Yomon tilning zaxri tig`lardin yomon.
Yomon til yonida zaxri ko`p ilon
Chaqsada, bir chivin chaqqancha bo`lmas.(x2)
Har nomardga aytma dardu-siringni,
Hasrat o`ti jisming yoqqancha bo`lmas.
Hasrat o`ti jisming yoqqancha bo`lmas.