O`ktam Ahmedov - Kunlarim qo`shiq matni
To`qqiz oy yotmisham onam qorninda,
Ko`z ochib dunyoga kelgan kunlarim.
Tetapoya bo`ldim onam qo`linda,
Ilk bor kulsam, onam quchgan kunlarim.
Birimda bilmadim yaxshi-yomonni,
Ikkimda tanidim ota-onamni,
Uch yoshimda Tangrim berdi zabonni,
To`rt yoshimda tosh otishgan kunlarim.
Beshimni o`tkazdim bahor-yoz bilan,
Olti yoshda quvalashdim g`oz bilan.
Yetti yoshda ishim bo`lmay siz bilan,
Sakkizimda tishim tushgan kunlarim.
To`qqizimda berdim Tangrim salomin,
O`nimda bo`ynimda Haqning kalomi,
O`n birimda tutdim dovot-qalamni,
O`qib-o`qib ma`ni ochgan kunlarim.
O`n ikkimda o`tdim o`n uch yoshima,
O`n to`rtimda asar urdi boshima, (x2)
O`n beshimda qizlar kirdi tushima,
O`n oltimda qaynab-jo`shgan kunlarim. (x2)
Yigirmada maston-maston kezardim,
Yigirma beshda yovga o`qlar uzardim,
O`ttizimda otlar chopib, o`zardim,
O`ttiz beshda ters uchgan kunlarim.
Qirqimda quyilib, kosam to`lmisham,
Elligimda qo`lga tasbeh olmisham, (x2)
Oltmishimda pirga murid bo`lmisham,
Payg`ambar yoshiga kirgan kunlarim. (x2)
Yetmishimda og`riq kirdi tizzama,
Saksonimda g`ubor tushdi ko`zima, (x2)
To`qsonimda xush qolmadi o`zima,
Aql-xushdan judo bo`lg`on kunlarim.
Yuz yoshga yetarsan, olarlar joning,
Kuzatib qo`yarlar, bicharlar to`ning, (x2)
Mahtumquli, hamroh bo`lsin iymoning,
Jon jasaddan ayro chiqqan kunlarim. (x2)