O`lmas Olloberganov - Kutaman qo`shiq matni

Har bahor yo`lingda intizor
Kutaman, ahdiga vafodor.
Yurakda asragan gapim bor,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.

Rayhonni tebratsa shamollar
Gullarga beraman savollar,
Kechiring, ey sohibjamollar,
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.

Qirlarga qo`nganda subhidam
Ko`zlarim yo`lingda dambadam,
Yozda ham, kuzda ham, qishda ham
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.
Kutaman, kelmasang
Dunyodan yolg`iz o`taman.

Kutaman, kutaman, kutaman…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]