O`lmas Olloberganov - Onam qo`shiq matni
Yomg`ir bo`lib yig`lar onam,
Iztiroblardan dodlasam.
Netay to`lmoqda paymonam,
Onam ro`molin hidlasam. (x2)
Yolg`iz suyanchig`im onam,
Boshqa hech kimim yo`q edi.
Boshimni silar yagonam,
Borida ko`nglim to`q edi.
Shamol bo`lib esar onam,
Dardga chidolmay oh ursam.
Onamga hamroh ostonam,
Namli ko`zlarimga surtsam.
Onam, onam,
Ne kunlarni ko`rmagan onam.
Onam, onam,
Sabrligim, mo`minim onam.
Qancha g`amni ko`rgan onam,
Men deb bo`ldi umri xazon.
Kulib silardi peshonam,
Qayda endi u mehribon?
Xazin kuyday yangrar onam,
Bu azoblardan ingrasam.
Chaqirsaydi deb “bolam”,
Zora tushimda tinglasam.
Xayolimda tirik onam,
Uyga kiraman shoshilib.
Huvillab qolgan koshonam,
Yig`layman unga qo`shilib.
Ko`z yosh bo`lib oqar onam,
Yuzlarim silaganday.
Netay to`lmoqda paymonam,
Yig`lamasdan yashay qanday? {x2}
Onam, onam,
Bo`ylaringdan o`rgilay, onam.
Onam, onam,
Ko`zlaringdan o`rgilay, onam. (x2)
Onam…