O`lmas Olloberganov - Qurbon o’lam qo`shiq matni

Kelgin, ey mohiliqo, husningga qurbon o`lam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam.
Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam,
Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam.
Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam, yor,
Man sana qurbon o`lam.

Ikki qoshing qalamu, ikki ko`zing chashamai nur,
Barq urib oyinadek siynayi sofing ko`rinur.
Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur,
Yo`q nazokat ichinda sen kabi durdonayi dur.
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam, yor,
Man sana qurbon o`lam.

Ikki ko`zing ravshanu, shahdu shakar, sham`i jamol,
Man dili xastaga rahm ayla bugun, ko`nglimni ol.
Qilma ko`p jabru sitam, qolmadi hech tobi majol,
Yo kelib, boshimni kes, qonimni to`k, jonimni ol.
Man saning ul xanjari burroingga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot,
G`unchadek ikki labingdin to`kilur qandu novot.
Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot,
Gul yuzingdin manga bir bo`sa berib ayla zakot.
Man sani ro`yi gulistoningga qurbon o`lam, yor,
Man sana qurbon o`lam.

Qo`llaring panjayi xurshid, beling g`unchamiyon,
Ko`ylak ichra badaning sof erur obiravon.
Rahm qil, kel, mani og`ushima ey, ofatijon,
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon.
Siyayu sogfi shofobaxshingga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Man sanga banda bo`lib, hatto g`uloming bo`loyin,
Barq urib qoshingda parvonasifat o`rgiloyin.
Manga zulm aylama, o`shal yuzing ko`royin,
Kulbayi hokingga siynamni qo`yib jon beroyin.
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim,
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam,
Yor sana qurbon o`lam.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]