Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Og`abek Sobirov - Hajring o’tida qolmisham qo`shiq matni

Og`abek Sobirov - Hajring o’tida qolmisham qo`shiq matni

Hajring o’tida qolmisham, och ey mohitabon,
Xurshid kabi yuz, (x2)
Ko’nglim uyini sayri g’aming ayladi vayron,
Vaslingdin oni tuz.

Yaldo shabidek sha’mi firoqing uzoq o’ldi, {x2}
Subhidin asar yo’q,
Kulbamg’a kelib aylaki xurshidi duraxshon,
Qilg’il oni kunduz. {x2}

Qahring birla har lahza manga novvak otarsan,
Qil endi tomosha. (x2)
Ul navki sanchildi maning jismima paykon,
Har mo’yim uza yuz. (x2)
Har mo’yim uza yuz.

Har dam manga bedodi firoqing eshitib,
Oh tinmay chekadurman.
Oyim shararidin ko’rinur charx uzra har yon,
Dema oni yulduz.

Oyim shararidin ko’rinur charx uzra har yon,
Dema oni yulduz. {x2}

Shirin dahaning shavqida, ey sho’xi diloro,
Rahm etgil necha yil.
Farhod kabi qozdiradur ko’nglima davron,
G’am tog’ini yolg’iz.

Na etganidin yo’q xabaring ushbu gadog’a,
Ko’yingda sovutding.
O’tdek qizadur sanki iboli ishq oyu, xumorsan
Jom ila qunduz.

Faryodki, o’ltirdi g’aming Ogahiy yanglig’,
Man zori Xaziniy.
Bir qatra qilib la’li labing no’shidin ehson,
Kelgil mani turg’iz.

Bir qatra qilib la’li labing no’shidin ehson,
Kelgil mani turg’iz. {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]