Ortiq Otajonov - Boshqacha qo`shiq matni

Hijronida o`rtaganmi sizni ishq,
Na kuylara solmas yigit-qizni ishq. (x2)
Hech bir oshiq sevgisiga o`xshamas,
Saodatli, sadoqatli bizni ishq. (x2)

O`ynab-kulib muhabbatning o`tida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq o`ynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)

Hayrat ila izlarimizdan boqib,
Rashk o`tida dog`da qoldi shum raqib. (x2)
Yuring, sayr etaylik chamanlar ko`rkin,
Chakkangizga qizil gullardan taqib. (x2)

O`ynab-kulib muhabbatning o`tida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq o`ynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)

Bandaning bo`lmagay ishqda xatosi,
Daryo bo`lib, toshsin mehru vafosi.
Muhabbatdan to`ymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.

Muhabbatdan to`ymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.

O`ynab-kulib muhabbatning o`tida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq o`ynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)

Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]