Ortiq Otajonov - Umr o’tar qo`shiq matni

Umr o`tar, vaqt o`tar,
Xonlar o`tar, taxt o`tar, (x2)
Omad o`tar, baxt o`tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring,
Seni kulishlaring. (x2)

Bahorda bog`lar go`zal,
Qor yog`sa tog`lar go`zal, (x2)
Bu yoshlik chog`lar go`zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So`zsiz qarashlaring, holim so`rashlaring,
Holim so`rashlaring (x2)

Oy chiqar goh zaholi,
Do`stlar ko`pdir vafoli, (x2)
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sekin so`zlashlaring, pinhon izlashlaring,
Pinhon izlashlaring. (x2)

Umr – yo`l, qayrilish ko`p,
Uchrashish, ayrilish ko`p, (x2)
Unutish, aytilish ko`p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O`sha kulishlaring, o`sha kelishlaring,
Holim so`rashlaring. (x2)

Seni yurishlaring, seni yurishlaring…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]