Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Otabek Muhammadzohid - Mayli telba denglar qo`shiq matni

Otabek Muhammadzohid - Mayli telba denglar qo`shiq matni

Uzatdilar bahorni yozga,
Ammo bahor sevardi kuzni.
Yosh tanlamas ekan muhabbat,
Kuz ham jondan sevardi qizni.

Bir umrga kuydirib o`tdi,
Gul-bahorni g`amga qo`yib yoz.
U yoqda-chi kuzni tergarlar,
Muhabbatdan ochma deb ovoz.

Essiz, essiz umr,
Essiz umr o`tdi hijronda.
Muhabbatga tekkanmi qarg`ish,
Bahor yig`lar yoz-saratonda,
Kuzni esa quchar sovuq qish.

Bu pishmas savdomi deb yuboraman,
Chorasiz qolganda ishq bozorida.
Umidvor, lek qalbi tilka-poraman,
Bir hikmat bor deya yor ozorida. (x2)

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko`ngli to`lar, kimga qanday kor?

Ichimga to`ldirib hasrat dog`larin,
Jim nurab boryabman dilga bildirmay.
Ko`ksimni kuydirgan hijron chog`larin
Dilimga aytaymi, gulimga aytay?

Yo kutib o`taymi yo kechib ketay,
Aro yo`lda qoldim, bir jonim bilan.
Oldimda ikki yo`l, qay birin tutay,
Yo ortga qaytaymi armonim bilan?

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko`ngli to`lar, kimga qanday kor?

Hoy, men sening qora sochingga emas,
Qorday oq ko`nglingga bog`lanib qoldim.
Netay, netay senla hech xayrlashgim kelmas,
Alvido demoqqa yo`qdir qarorim, yo`q qarorim.

Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning ko`ngli to`lar, kimga qanday kor? (x2)
Mayli telba denglar…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]