Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Otabek Muhammadzohid - Shoshilma qizgina qo`shiq matni

Otabek Muhammadzohid - Shoshilma qizgina qo`shiq matni

To`lmasdan o`n olti yoshingga,
Qalamlar tortildi qoshingga,
Savdolar orttirma boshingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Noziksan qizg`aldoq-loladan,
So`ragin mehribon onadan,
Farqing yo`q hali yosh boladan,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

(Shoshilma qizgina, shoshilma)

Ishq emas sen bilgan o`yinchoq,
Qo`lingda kelinmas qo`g`irchoq,
Hozircha top boshqa ovunchoq,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

(Shoshilma qizgina, shoshilma)

Bo`yalmish top-toza yuzlaring,
Ranglardan ko`karmish ko`zlaring,
Noz ila bo`yalmish so`zlaring,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Ajinlar tushganda yuzingga,
Dunyo tor kelganda ko`zingga,
Bo`yoqlar toparsan o`zingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Bir kuni bo`ylashib bo`yingga,
Sovchilar keladi uyingga,
Ko`plashib boramiz to`yingga,
Shoshilma qizgina, shoshilma. (x2)

Shoshilma qizgina, shoshilma,
Shoshilma qizgina.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]