Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Otabek Mutalxo`jaev - Biri quyosh biri oydir qo`shiq matni

Otabek Mutalxo`jaev - Biri quyosh biri oydir qo`shiq matni

Ne`mat qadri bilinmaydi ketmaguncha,
Rohat qadri yo`qdir balo yetmaguncha.
Tin olishga qo`ymaydi bu bozor dunyo,
Toki ajal barin ado etmaguncha.

Onang bo`lsa, poylarini tavof etgin,
Otang bo`lsa, qilib xizmat, savob etgin.
Xokisor bo`l ikkisining dargohida,
Ne desalar, “labbay” deya javob etgin.

Endi onang yosh bo`lmaydi, qariyverar
Balki butkul sog` bo`lmaydi, og`riyverar.
Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Biri quyosh, biri oydir,
Bilmaganlar holi voydir.
Otasi bor, onasi bor
Juda boydir, juda boydir.

Qiblagohing yonginangda bo`lgani baxt,
Har kun seni duo qilib turgani baxt.
Omadingga quvongaydir sendan ortiq,
Shod kunlaring yonginangda turgani baxt.

Endi onang yosh bo`lmaydi, qariyverar
Balki butkul sog` bo`lmaydi, og`riyverar.
Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Endi uning bor orzusi – sening baxting,
Mehring bilan dardlari ham ariyverar.

Biri quyosh, biri oydir,
Bilmaganlar holi voydir.
Otasi bor, onasi bor
Juda boydir, juda boydir. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]