Otabek Mutalxo`jaev - Onamni yig’latmanglar qo`shiq matni
Bermadi Rab omadim,
Qaysi yo`lda qoqildim?
Egilmoqni istamay,
Chinordek egildim.
Qiynalganimni, ona,
Qayg`urganimni, ona,
Ko`rmang deymanda,
Ko`rmang deymanda.
Boray desam qo`ymadi,
Bu yo`llar qo`ymadi.
Farzand kutib ko`zlarin
Eshikdan uzolmaydi.
Quyosh botib, oy to`lsa,
Siz tomon yo`l olsam.
Qo`lda to`qilgan ro`molni
Qalbingizga o`rasam.
Ona, mening onam,
Onamni yig`latmanglar.
Yuragimda nolam,
Ko`nglini og`ritmanglar.
Shuncha azob berdimku,
O`rniga yig`lay o`zim.
Xasta mening onam,
Onamni yig`latmanglar.
Yana yo`lim darbadar,
Oramizda yillar.
O`rtamizda daryolar,
O`tgani qo`ymaydilar.
Ahvolingiz o`ylasam,
Yoshga to`ladi ko`zim.
Sensiz har bir kun, ona,
Uzoq yillardan uzun.
Borolmayman, ona,
Yurak cho`g` bo`lib ketdi.
Tushlarimda gullar,
Tikonga singib ketdi.
Qayg`u qo`sha qayg`u,
Azobida chidayman.
Onamni yig`latmang,
Yig`latmang, chidolmayman.
Ona, mening onam,
Onamni yig`latmanglar.
Yuragimda nolam,
Ko`nglini og`ritmanglar.
Shuncha azob berdimku,
O`rniga yig`lay o`zim.
Xasta mening onam,
Onamni yig`latmanglar. (x2)