Otabek Mutalxo`jaev - Oydanda go’zal qo`shiq matni
Qorong`u kechada ko`kka ko`z tikib,
Eng yorug` yulduzdan seni so`rayman.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadi, men uni tushda ko`raman.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadi, men uni tushda ko`raman.
Tushimda ko`raman, shunchalar go`zal,
Oydanda go`zaldir, kundanda go`zal.
Ko`zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan ham seni so`rmoqqa.
Ulda aytadir, bir qizil yanoqqa,
Uchradim tushimda ko`milgan oqqa.
Ulda aytadir, bir qizil yanoqqa,
Uchradim tushimda ko`milgan oqqa.
Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,
Oydanda go`zaldir, kundanda go`zal.
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o`tganda so`rab ko`raman. (x2)
Aytadi, bir ko`rib yo`limdan ozib,
Tog`u-toshlar ichra istab yuraman. (x2)
Bir ko`rdim men uni shunchalar go`zal,
Oydanda go`zaldir, kundanda go`zal.
Men yo`qsil na bo`lib uni suyibman,
Uningchun yonibman, yonib kuyibman.
Boshimni ne ishga berib qo`yibman,
Men suyib, men suyib, kimni suyibman?
Boshimni ne ishga berib qo`yibman,
Men suyib, men suyib, kimni suyibman?
Men suygan suyukli shunchalar go`zal,
Oydanda go`zaldir, kundanda go`zal.
Men suygan suyukli shunchalar go`zal,
Oydanda go`zaldir, kundanda go`zal. {x3}