Otabek Mutalxo`jaev - Shunqor qo`shiq matni
Gul kabi nozik bilakka, sen kabi erka malakka,
Gul kabi nozik bilakka qo`llari mushtdor kerak,
Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak.
Noz ila qilsang karashma, yuzta oshiq oh urar,
Barchasi kuyingda dardmand, ayt necha bemor kerak? (x2)
Ko`zlarim bedor yo`lingda, istamas so`zga visol,
Sen uchun parxez yurakka sen ila iftor kerak. (x2)
Gul kabi nozik bilakka qo`llari mushtdor kerak,
Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)
Aytdilar, berma ko`ngilni ko`kdagi yulduzga sen,
Ne uchun yorug` boshingga bu ishqu dushvor kerak? (x2)
So`zlarimga ul inonmas, Otashni etib dilxun,
Aytdiki, xofizga sevgi takror-u takror kerak.
So`zlarimga ul inonmas, Dilshodni etib dilxun,
Aytdiki, shoirga sevgi takror-u takror kerak.
Gul kabi nozik bilakka qo`llari mushtdor kerak,
Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)
Gul kabi nozik bilakka, sen kabi erka malakka…
Gul kabi nozik bilakka qo`llari mushtdor kerak,
Sen kabi erka malakka men kabi shunqor kerak. (x2)