Otabek Mutalxo`jaev - Xazon qo`shiq matni
Xazon ingrar qadamimda,
Xiyobonlar yolg`iz kezdim,
G`am bilmagan bola edim,
Bugun ko`nglim g`arib sezdim. (x2)
Qaydan seni uchratdim man,
Tanimasam bo`lmasmidi?
Buncha senga bog`landim man,
Sevgi uchar yelmasmidi?
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yig`lar zor-intizor,
Bag`rim ezar rashkim mani. (x2)
Ko`ngil zori, dil ozori,
Umidsiz sevgi azobi.
Hech ketmaydi xayolimdan,
Mast qildimu ishq sharobi? (x2)
O`ynar shodon favvoralar,
Mening holim bilmaydilar,
Tuyg`ularim ovoralar –
Xazonlarga o`xshaydilar.
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yig`lar zor-intizor,
Bag`rim ezar rashkim mani. (x2+x4)
Читать также
Комментарии (0)