Otabek Mutalxo`jaev - Yulduz qo`shiq matni
Jon ekansan tanam aro hur,
Sen bo`lmasang, yo`q menda huzur.
Borligingga aylayman shukur,
Yonimda bo`lgin, jonim, bir umr.
Mahzun boqarman yakuniy kunga,
Ufqning gulxani kul bo`lguncha.
Men vido aytaman yana bir kunga,
Qaytishing mushtoq kutarman bunda.
Ko`rgan emasman sendek yulduzni,
Hattoki, bu yeru ko`k aro.
Tushlarimga kirar u yarqiroq,
Sensan o`sha gulyuz, sochlari qaro.
Asray seni, asray tumorim,
Yonimda yorim, bo`l vafodorim.
Ayt, o`sha sen, sensan-ku borim,
Uzoq kutilgan nafis bahorim.
Mahzun boqarman yakuniy kunga,
Ufqning gulxani kul bo`lguncha.
Men vido aytaman yana bir kunga,
Qaytishing mushtoq kutarman bunda.
Ko`rgan emasman sendek yulduzni,
Hattoki, bu yeru ko`k aro.
Tushlarimga kirar u yarqiroq,
Sensan o`sha gulyuz, sochlari qaro.
Ko`rgan emasman…
Hattoki, bu yeru ko`k aro.
Tushlarimga kirar u…
Sensan o`sha gulyuz, sochlari qaro.
Ko`rgan emasman sendek yulduzni,
Hattoki, bu yeru ko`k aro.
Tushlarimga kirar u yarqiroq,
Sensan o`sha gulyuz, sochlari qaro.