Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Otajon Hudoyshukurov - Gullola keltiribdi qo`shiq matni

Otajon Hudoyshukurov - Gullola keltiribdi qo`shiq matni

Gulchehra sovg’a aylab,
Gullola keltiribdi, (x2)
Nahotki gulni menga
Qiz bola keltiribdi? (x2)

Gulga to’lib quchog’i,
Gulday yonib yanog’i, (x2)
Ko’zdan qochib uyola,
Uyola keltiribdi. (x2)

Gullarda keltiribdi
Ul qatra-qatra shabnam, (x2)
Go’yoki boda lim-lim
Piyola keltiribdi. (x2)

Barglarda rang jimirlar,
Oqar dilimda payvast,
Shovullagan rango-rang
Shalola keltiribdi.

Samandar erdi tashna,
Qaydin topib xabar yor, (x2)
Yaproq ichinda mehri
Zilola keltiribdi. (x2)

Nahotki gulni menga
Qiz bola keltiribdi?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]