Otajon Hudoyshukurov - Jayhun shamollari qo`shiq matni
Qayda yursam, sog`intirar {x2}
Ona yurtim tomonlari, {x2}
Xayolimda sahar-sahar
Esar Jayhun shamollari. (x2)
Atirgul terib cho`llardan,
Guli rayhon chamanlardan, (x2)
Bizning bu go`zal ellardan
Esar Jayhun shamollari. (x2)
O`zbekiston shonli diyor,
Bulbullar ishqingda yonar, (x2)
Hamma faslingda navbahor,
Esar Jayhun shamollari. (x2)
Umr qisqa, manzil uzoq,
Yillar bizdan ketar yiroq, (x2)
Mangu qo`shiq kabi guvlab,
Esar Jayhun shamollari. (x2)
El mehri so`nmas yuzingdan,
Ulug` daryoyi azimdan,
Qoraqalpoq, Xorazmdan
Esar Jayhun shamollari. (x2)
Ibrohim der: el nafasi,
Jayhunning sirli sharpasi, (x2)
Umrimning boqiy sabosi,
Salom, Jayhun shamollari.
Umrimning boqiy sabosi,
Salom, Jayhun shamollari. {x4}
Читать также
Комментарии (0)