Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Otajon Hudoyshukurov - Kimning sevar yorisan qo`shiq matni

Otajon Hudoyshukurov - Kimning sevar yorisan qo`shiq matni

Avval boshda majlisingda ko’rishdim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}
Bu yerlarda, dilbar, senga tutindim, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Tomosha aylading qarab bo’yimga,
Adab-ikrom bilan kelding yonimga.
Kamardayin zulfing solding bo’ynimga, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Ko’zlaring jalloddir, kipriging nashtar,
Turishing asiriga mehr-la tortar.
Seni deb yashadim kun va kun ora, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Biz ham oshiq bo’ldik shu jallod ko’zga,
Haqiqiy oshiqlar bu jannat uzra.
Najib, sen so’zlasang, rost so’zing so’yla, {x2}
So’yla, go’zal, kimning sevar yorisan? {x2}

Sevar yorisan, o’, sevar yorisan…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]